2025-11-13 14:14
Oʻzbekistonda maʼrifat va madaniyatning yangi davri boshlanmoqda!

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida joriy yilning 13-15-noyabr kunlarida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyoda maʼnaviy meros va maʼrifatparvarlik” mavzusidagi xalqaro kongressga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Markazning navbatdagi Ilmiy kengashi yigʻilishida ayni shu xalqaro nufuzli tadbirga tayyorgarlikni yanada jaddalshtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda kongress dasturining asosiy yoʻnalishlari, ilmiy va madaniy tadbirlar mazmuni, tashkiliy masalalarning yakuniy bosqichlari batafsil muhokama qilindi.
Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlar ishtirokida oʻtgan muloqotda forumni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgani taʼkidlandi. Xususan, yalpi yigʻilishlar va shoʻʼba muhokamalari mavzulari, ilmiy toʻplam va koʻrgazma loyihalarining badiiy yechimlari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, “Markaziy Osiyo maʼnaviy merosi” nomli maxsus ilmiy toʻplam tayyorlanayotgani maʼlum qilindi. Unda mintaqa mamlakatlarida saqlanayotgan qoʻlyozma merosi, maʼrifatparvarlik gʻoyalari va ularning zamonaviy tahliliga bagʻishlangan ilmiy maqolalar jamlanadi
